Azimov, Sarvar Olimjonovich: различия между версиями
Sf7 uz (обсуждение | вклад) м (Text replacement - "[[Fayl:" to "[[File:") |
Sf7 uz (обсуждение | вклад) м (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}") |
||
Строка 50: | Строка 50: | ||
== Manbalar == |
== Manbalar == |
||
{{Manbalar}} |
{{Manbalar}} |
||
{{ |
{{ЎзМЭ}} |
||
== Havolalar == |
== Havolalar == |
Текущая версия от 23:21, 5 июля 2021
Sarvar Olimjonovich Azimov | ||
| ||
---|---|---|
1957-yildan — 1959-yilgacha | ||
| ||
1959-yildan — 1969-yilgacha | ||
Oʻtmishdoshi: | Gʻani Sultonov | |
Vorisi: | Minavar Tursunov | |
| ||
1988-yildan — 1991-yil 11-sentyabrgacha | ||
Oʻtmishdoshi: | Sobir Qurbonov | |
Vorisi: | Shaxlo Mahmudova | |
Fuqaroligi: | Oʻzbekiston SSR, Sovet Ittifoqi, Oʻzbekiston | |
Tavalludi: | 20-may 1923-yil Jizzax shahri, Oʻzbekiston SSR | |
Vafoti: | 23-fevral 1994-yil (70 yoshda) Toshkent shahri, Oʻzbekiston | |
Partiyasi: | 1953-yildan — 1991-yilgacha Sovet ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzosi |
Sarvar Olimjonovich Azimov (20-may 1923-yil, Jizzax — 1994-yil, Toshkent) - taniqli sovet va oʻzbek yozuvchisi, shuningdek davlat arbobi va diplomat. Isteʼdodli shoir Hamid Olimjonning kenja ukasi. Rossiyalik diplomat Anvar Azimovning otasi.[1]
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973). O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1983). Filologiya fanlari doktori (1968). O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1946). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, sektor mudiri, direktor o‘rinbosari (1948 — 55). O‘zKP MK fan va madaniyat bo‘limi mudiri (1955—56). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi birinchi kotibi (1957-58, 1980-85), O‘zbekiston SSR madaniyat vaziri (1958— 59), O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi o‘rinbosari va O‘zbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri (1959-69, 1988-91). Sobiq SSSRning Livandagi (1969—74), Pokistondagi (1974—80) favqulodda va muxtor elchisi.
Azimov pyesalar ("Qonli sarob", 1964; "Yulduzlar jamoli", 1966; "Zamon dramasi", 1968), qissalar ("Kamalak", 1964; "Ikki dil — ikki olam", 1967), hikoyalar, kinossenariylar muallifi. U adabiy jarayon masalalariga bag‘ishlangan adabiy-tanqidiy va publitsistik maqolalar yozdi. Hamid Olimjon ijodini tadqiq etdi. Asos: Saylanma, 2 jildli, T., 1988.[2]
1946-yilda Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ning Filologiya fakultetini tamomlagan, Filologiya fanlari doktori. 1953-yildan Kommunistik partiyasi aʼzosi. Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega. 1973-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, 1983-yilda esa Oʻzbekiston xalq yozuvchisi[3].
- 1948 — 1955-yillarda Oʻzbekiston SSRda A.S.Pushkin nomidagi Ilmiy tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari, sektor mudiri, ilmiy hodim.
- 1955 — 1956-yillarda Oʻzbekiston Kommunistik Partiyasi markaziy qoʻmitasining Fan va Madaniyat boʻlimi mudiri.
- 1956 — 1957-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar Ittifoqi boshqarmasining birinchi kotibi.
- 1957 — 1959-yillarda Oʻzbekiston SSR madaniyat vaziri.
- 1959 — 1969-yillarda Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri, Vazirlar mahkamasi raisi oʻrinbosari.
- 1969 — 1974-yillarda Sovet Ittifoqining Livandagi Favqulodda va Muxtor elchisi.
- 1974 — 1980-yillarda Sovet Ittifoqining Pokistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi
- 1980 — 1988-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar Ittifoqi boshqarmasining birinchi kotibi.
- 1988 — 1991-yillarda Oʻzbekiston SSR Tashqi Ishlar vaziri.
- 1990 — 1991-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti kengashi aʼzosi, Sovet Ittifoqi Yuqori kengashining Milliy kengashida Oʻzbekiston SSRdan deputat sifatida.
- 1959 -1971-yillarda va 1981-yildan Oʻzbekiston SSR Yuqori kengashi deputati.
- 1961 — 1970-yillarda va 1981-yildan Oʻzbekiston Kommunistik Partiyasi markaziy qoʻmitasi aʼzosi.
Manbalar[править | править код]
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |
Havolalar[править | править код]
|
- 20-mayda tugʻilganlar
- 1923-yilda tugʻilganlar
- Shaxsiyatlar
- Jizzaxda tugʻilganlar
- 23-fevralda vafot etganlar
- 1994-yilda vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Vikipediya:Portreti yo‘q davlat arboblari haqida maqolalar
- Vikipediya:VikiOmborda illustratsiyalari yoʻq davlat arboblari haqida maqolalar
- Ўзбекистон миллий энциклопедияси мақолалари
- Oʻzbek diplomatlari
- Kishilar: Oʻzbekiston
- Oʻzbekiston:Yetakchilar
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arboblari