Qoraqalpoq tili
Qoraqalpoq tili | |
---|---|
Milliy nomi: | -{Qaraqalpaq tili, Қарақалпақ тили}- |
Mamlakatlar: | Oʻzbekiston Qozogʻiston Rossiya |
Mintaqalar: | |
Rasmiylik holati: | Qoraqalpog'iston |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: | 412,000 (1993) |
Tartiblovchi tashkilot: | |
Oʻrni: | |
Holati: | |
Turkumlanishi | |
Turkum: | Yevroosiyo tillari |
Oltoy tillari | |
Alifbosi: | lotin, Kirill |
Til kodlari | |
-{ISO 639-1 | }- |
-{ISO 639-2 | kaa}- |
-{ISO 639-3 | kaa}- |
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik |
Qoraqalpoq tili — turkiy tillar qatoriga kiradi. Qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar soni 400 mingga yaqin. Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qiluvchi qoraqalpoq xalqining tilidir. Qoraqalpoq tili — Oʻzbekiston Respublikasining tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasining rasmiy tilidir. Bu toʻgʻrisida maxsus qonun chiqarilgan. Qonunda qoraqalpoq tili Qoraqalpogʻistonning barcha hududida davlat tili sifatida foydalanishga imkon berilgan.
Qoraqalpoq tili — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qozoq va noʻgʻay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoq-noʻgʻay guruhchasini tashkil etadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat tili (oʻzbek tili bilan birga). Asosan, Qoraqalpogʻistonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozogʻiston va Turkmanistonning unga qoʻshni hududlarida, Rossiya federatsiyasi va Afgʻonistonda tarqalgan. Qoraqalpoq tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 425 ming kishidan iborat (oʻtgan asrning 90-yillari oʻrtalari). Qoraqalpoq tili, asosan, 2 ta: shimoli-sharqiy va janubi-gʻarbiy lahjalarga boʻlinadi; bu lahjalar fonetik jihatdan oʻzaro farqlanadi. Adabiy Qoraqalpoq tili 20-asrning 1-yarmida shimoli-sharqiy lahja asosida shakllangan; ungacha qoraqalpoqlar eski oʻzbek adabiy tilidan foydalanishgan.
Qoraqalpoq tilining oʻziga xos belgilari: unlilar ohangdoshligi — singarmonizm mavjud, masalan, Atlarshmz (otlarimiz). kunler — (kunlar); umumturkiy ch undoshi sh bilan; sh esa s undoshi bilan almashadi, masalan, qash (qoch), tas (tosh), bas (bosh). Ayrim soʻzlarda gʻ undoshi oʻrnida v; g undoshi oʻrnida y ishlatiladi, masalan, tav (togʻ), tiy (teg) va boshqalar. Qoraqalpoq tilida, boshqa koʻpchilik turkny tillarda boʻlganidek, umumturkiy soʻzlardan tashqari, arab, eroniy, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.
Qoraqalpoq tili yozuvi isloh qilingan arab grafikasi asosida 1924 yilda shakllantirilgan. 1929—40 yillarda lotin grafikasiga asoslangan qoraqalpoq yozuvi amalda boʻlgan boʻlsa, 1940 yildan kirill grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. 1999 yildan lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtish ishlari amalga oshirilmoqda.
Alifbosi[править | править код]
Qoraqalpoqlar asosan Lotin alifbosidan foydalanishadi. Hozirgi qoraqalpoq alifbosi:
A a | Á á | B b | C c | Ch ch | D d | E e |
F f | G g | Ģ ģ | H h | I i | Í ı | J j |
K k | L l | M m | N n | Ń ń | O o | Ó ó |
P p | Q q | R r | S s | Sh sh | T t | U u |
Ú ú | V v | W w | X x | Y y | Z z |
Adabiyot[править | править код]
- Baskakov N.A.. Каракалпакский язык, t . 1 - 2 , M . - L . , 1951-52;
- Berdimuratov Ye., Hazirgi zaman qaraqalpoq tilinip lsksikologiyasm, Nokis, 1968;
- Baskakov N.A., Введение в изучение тюркских языков, 2-изд., М.. 1969;
- Berdimuratov Ye.. Umarov A.. Bekimbetov P., Каракалпакский язык (фонетика, морфология, синтаксис), Nukis. 1983.
Manbalar[править | править код]
- Ethnologue o karakalpakskom yazike(ingl.)
- Anglo — Karakalpakskiy i Russko — Karakalpakskiy onlayn slovari
- Qoraqalpoqcha kirilldan qoraqalpoqcha lotinga oʻgiruvchi
|
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |