Xalaj tili — turkiy tillardan biri. Markaziy Eronda, Tehronning janubi-garbida tarqalgan. Soʻzlashuvchilar soni 40 ming kishi atrofida (2000-yil). Shevalari 2 guruhga — shimoliy va janubiy guruhdarga boʻlinadi.
Xalaj tilida qadimgi turkiy til elementlari, xususan, birlamchi choʻziq unlilar saklangan; soʻz oʻrtasi va oxirida boshqa turkiy tillarda z, t, j, r kelgan oʻrinlarda d qoʻllanadi. Ayrim kelishik qoʻshimchalari va feʼl shakllarida ham bir qator oʻziga xosliklar mavjud. Leksikada eng qad. turkiy qatlam hamda kelib chiqishi noaniq boʻlgan soʻzlar qatlami ajralib turadi; ozarbayjon tilidan, eroniy lahjalardan oʻzlashmalar bor. Asosan, xotin-qizlar oʻrtasida kundalik muomala tili hisoblanadi.