Yodgor Nasriddinova

Материал из УзЭнц

thumb|Moskva shahridagi Yodgor Nasriddinova qabri

Nasriddinova Yodgor Sodiqovna (1920.26.12, Qoʻqon — 2006.7.3, Moskva) — davlat va jamoat arbobi. Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tugatgan (1941). Toshkent temir yoʻl bekatida muhandis (1941 — 42). Komsomol va partiya organlarida rahbar lavozimlarda (1942—52). Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoati vaziri (1952—55), Respublika Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari (1955—59), Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidumining raisi (1959—70), Ittifoq Oliy Soveti Millatlar Soveti raisi (1970—74), SSSR Qurilish materiallari sanoati vaziri oʻrinbosari (1974—78). 1978-2006 yillarda nafaqada.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekiston:Yetakchilar