Oltoy tili
Oltoy tili | |
---|---|
Milliy nomi: | -{Алтай}- |
Mamlakatlar: | Rossiya XXR Moʻgʻuliston |
Mintaqalar: | |
Rasmiylik holati: | Oltoy Respublikasi |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: | 55 720[1] |
Tartiblovchi tashkilot: | |
Oʻrni: | |
Holati: | |
Turkumlanishi | |
Turkum: | Yevroosiyo tillari |
Oltoy tillari | |
Alifbosi: | kirill |
Til kodlari | |
-{ISO 639-1 | atv}- |
-{ISO 639-2 | alt}- |
-{ISO 639-3 | alt}- |
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik |
Oltoy tili — turkip tillaraan biri. 1948 yilgacha oyrot tili deb atalgan. RF Oltoy oʻlkasining Togʻli Oltoy viloyatida tarqalgan, 60 mingga yaqin kishi soʻzlashadi. Lahjalari 2 guruhga boʻlinadi: jan. (qirgʻiz-qipchoq guruhi) va shim. (uygʻur guruhi). Oltoy tili unlilar tizimi xususiyatiga va lab singarmonizmining umumiy qonunlariga koʻra qirgʻiz tiliga yaqinroq turadi. Undoshlar tizimida oʻxshashliklar bilan birga muayyan tafovutlar ham bor: qirgʻiz tilidagi soʻz boshida keluvchi qorishiq j oʻrnida Oltoy tilida dʼ mos keladi; qirgʻiz tilidan farqli ravishda unlilar orasida jarangsiz undoshlar jarangli undoshlarga aylanadi. Feʼllar tuslanganda, shaxs koʻrsatkichining reduksiyaga uchrashi Oltoy tili morfologiyasining asosiy xususiyatidir.
Adabiy tili jan. lahjalarga asoslanadi. Yozuvi 1939 yildan rus grafikasi asosida.[2]
Oltoy tili — oltoy xalqining tili. Turkiy tilli xalqlar. Rossiya va Mo'g'uliston chegarasida joylashgan Gorno-Altayda va Xitoy-da keng tarqagan.
Oltoy tili (1948-gacha oʻyrat tili deb atalgan) asosan Togʻli Oltoy AV-da (60 015) istiqomat qiladigan oltoy xalqining milliy, adabiy tili. Ularning umimiy soni — 71 317 kishi (1989). Oltoy tili janubiy (oltoy, toʻlengit, televit) va shimoliy (kumandi, tuva, chalkan) dialektlariga boʻlinadi. Adabiy tilining shakllanishida janubiy dialektining (aptay kiji) ulushu koʻproq boʻlgan. Oltoy xalqi 1928—1938 yili lotin alifbosini qoʻllandi, va nihoyat 1938-yildan buyon kirill alifbosini foydaniladi.
Manbalar
- ↑ Informatsionnie materiali ob okonchatelnix itogax Vserossiyskoy perepisi naseleniya 2010 goda
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
|