Xorazm shevasi
Xorazm shevasi | |
---|---|
Milliy nomi: | -{}- |
Mamlakatlar: | Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Eron1 1 Agar "xuroson-turkiy" deb ataladigan til qoʻshilsa |
Mintaqalar: | Oʻzbekistonda: Xorazm viloyati va qoʻshni mintaqalar. Turkmanistonda: Dashoguz va Lebap viloyati. Qozogʻistonda: Janubiy Qozogʻiston viloyati. Eronda1: Shimoliy Xuroson, Xuroson-Rezaviy. 1 Agar "xuroson-turkiy" deb ataladigan til qoʻshilsa |
Rasmiylik holati: | 22px|border Xorazm |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: | |
Tartiblovchi tashkilot: | |
Oʻrni: | |
Holati: | |
Turkumlanishi | |
Turkum: | Yevroosiyo tillari |
Oltoy tillari | |
Alifbosi: | |
Til kodlari | |
-{ISO 639-1 | }- |
-{ISO 639-2 | }- |
-{ISO 639-3 | }- |
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik |
- Xorazm shevasini forsiy xorazmiy tili va xorazm-turkiy tilidan farqlash lozim
Xorazm shevasi turk tillar sharqiy oʻgʻuz ostguruhining oʻgʻuz (janubi-gʻarbiy) guruhiga kiradi. Oʻzbek tili shevasi hisoblanadi.
Tarixi
Dastlab Xorazm aholisi sharqiy eron deb atalmish tilda gaplashgan. Xorazm-turkiy tili eramizning birinchi asrlari boshlarida, Turk xoqonligi (567 — 603) davrida xorazmiylarning tilini turklashtirish oqibatida shakllanishni boshladi va asosan ushbu jarayon XI asrda saljuq bosqinidan keyin jadallashdi. Jarayon 1220 yili Chingizxon jangchilari bosqini oqibatida Xorazmshohlar davlati soʻnganidan keyin yakunlandi.
Plano-Karpini guvohlik berishicha, XIII asrdanoq xorazmiylar orasida turk nutqi ustun boʻlishni boshladi. XIV asrning 1-yarmi xorazmiylar tilining toʻliq turkiylashishi yakuniy davri boʻldi[1]. Oʻrta osiyo turkiy tili rasmiy til boʻldi va Xiva xonligida rasmiy til sifatida 1920 yilgacha foydalanildi.
Xorazm shevasiga Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismlaridagi, shimoli-sharqiy Eronning Xuroson viloyatidagi baʻzi shevalar va Qozogʻistonning 2 ta shevasi yaqin keladi.
A. N. Samoylovich turkumlashi boʻyicha bu shevalar xiva-oʻzbek va xiva-sart lahjalari deya taʻriflanadi va qipchoq-turkman deb nomlangan alohida guruhga kiritiladi.
XII asrda Xorazmda yashagan Mahmud Zamahshariyning «Muqaddimat ul adab» asarida XIV—XIX asrlarda xorazm-turkiy tili rivoj topgan 6000dan koʻp soʻz sanaladi.
XV asrdan boshlab Xorazmda sovet tilshunoslari tomonidan eski oʻzbek tili deb nomlangan chigʻatoy turkiy tili adabiy til boʻladi.
Fonetika
Adabiy Oʻzbek tilidan fonetik farqlari:
a) soʻz boshida „k“, „t“ tovushlari oʻrniga mos ravishda „g“, „d“ ishlatiladi: til — dil, tish — dish, kel — gal, kerak — garak;
b) „q“, „k“ harflari soʻz oxirida tushirib qoldiriladi: issiq — issi, tirik — diri, xivalik — xivali;
c) koʻpchilik soʻzlarda „e“dan „a“ga oʻtish hollari uchraydi: men — man, sen — san, kel — gal, kes — kas, kerak — garak;
d) soʻzlarning oʻrin-payt kelishigi shakllarida III shaxs shaklida kelishik qoʻshimchasidan oldin „-n-“ tovushi qoʻshiladi: ichinda (ichida), dishinda (tishida);
e) „ng“ harfi ikki xilda aytiladi, ham „ng“, ham „ŋ“ shakllarida: kitopiŋ (kitobing), giyiming (kiyiming).
Morfologiya
Morfologik xususiyatlari:
a) qaratqich kelishigi qoʻshimchasi „-ni“ shakliga ega; ot qoʻshimchasi adabiychadan farq qilmaydi (birlik. „-m“, „-im“, „-ng“, „-ing“, „-i“, „-si“).b) joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi „-a“, „-ya“ shakliga ega;
c) davomiylik harakatidagi hozirgi davr feʼlining tugallanmasi „-yotir“ shakliga ega: galyotir, boryotir (kelyapti, boryapti);
d) kelgusi davr feʼlining tugallanmasi „-jak“, „-jaq“ shakllariga ega: galajak (kelmoqchi), borajak, borajaq (bormoqchi);
e) maqsad feʼlining shakli „-ali“ qoʻshimchaga ega: galali (kelaylik), borali (boraylik).
Xorazm shevasi lugʻat boyligida bir qancha oʻziga xos soʻzlar mavjud: zangi (narvon), soʻqi (oʻgir), yimirta (tuxum), qumri (musicha), burch (garmdori), qarinja (chumoli), taka (bolish), sipsa (supurgi).
Shuningdek qarang
Adabiyotlar
- S.P. Tolstov. По следам древнехорезмийской цивилизации. М: Издательство АН СССР, 1948
- G. Nepesov. Из истории Хорезмской революции. 1920-1924 гг., Таш., 1962
- X.S. Samatova, A.I. Eshonov. Образование Хорезмской и Бухарской Народных Советских Республик, kit.: История советского государства и права, T. 1. М., 1968
- A.N.Samoylovich. Тюркское языкознание. Филология. Руника. M., 2005.
Manbalar
<imagemap>
Image:Wiki_letter_w.svg | Ushbu maqolani yaxshilash uchun imkon qadar?: |
|
|
Turkum:Turkiy tillar Turkum:Oʻzbek tili Turkum:Turkmaniston tillari Turkum:Xorazm