Turk tili

Материал из УзЭнц
Turk tili
Milliy nomi: -{Türk dili, Türkçe}-
Mamlakatlar: Turkiya, Shimoliy Kipr, Iroq, Bolgariya, Yunoniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, O‘zbekiston ,Olmoniya, Niderlandlar
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: Turkiya Turkiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 83 million
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Oltoy
Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Alifbosi: lotin
Til kodlari
-{ISO 639-1 tr}-
-{ISO 639-2 tur}-
-{ISO 639-3 tur}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Turk tili (Turkcha: Türkçe) — soʻzlashuvchisi eng koʻp bolgan turkiy til. Turk tilida gaplashuvchilar asosan Turkiyada yashashadi. Shimoliy Kipr, Iroq, Bolgariya, Yunoniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Oʻzbekiston ,Olmoniya, Niderlandlar kabi davlatlarida ham turk tilida gaplashuvchilar bor.

Turk tili — turkiy tillarpgm biri. Asosan, Turkiyada, shuningdek, Iroq, Suriya, Eron, Ruminiya, Bolgariya, Gretsiya, Rossiya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Kipr oroli, Makedoniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkiya Respublikasining va Kipr Respublikasining (grek tili bilan birga) rasmiy tili hisoblanadi. Oʻtgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 55 mln. ga yakin (Turkiyaning oʻzida 50 mln. dan ortiq) kishini tashkil etgan. Dialektal jihatdan Turkiyada Sharqdagi, ayniqsa, Anatoliya shim.sharqidagi mintaqa ozarbayjon tiliga oʻxshashlik belgilari bilan ajralib turadi. Anatoliyaning boshka qismi hamda sharqiy frakiya shevalari, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi Turk tili lahjalari oʻzaro unchalik farq qilmaydi.

Turk tilining fonetik oʻziga xosliklari: soʻz boshidagi va oʻrtasidagi j undoshining qarindosh turkiy tillardagi boshqa oʻxshash tovushlarga toʻgʻri kelishi, soʻz boshidagi rv, td, kg jarangeizlari va jaranglilarining farqlanishi va singarmonizmning mavjudligi, bir qancha soʻzlarda portlovchi v oʻrniga sirgʻaluvchi v undoshining kelishi; boshqa turkiy tillardagi "vo1" feʼlining "ol" tarzida qoʻllanishi va boshqa Morfologik belgilaridan mis shaklli sifatdoshning qipchoq va boshqa bir qancha turkiy tillardagi gan shaklli sifatdosh bilan vazifadoshligi; dik shaklli qad. harakat nomi va uog shaklli aniq hozirgi zamon feʼlining faol qoʻllanishi va boshqa ni koʻrsatish mumkin.

Adabiy Turk tili hozirgi shaklida 19-a. oʻrtalaridan shakllana boshlaydi. Bu davrda oʻrta asr adabiy tili (eski turk yoki usmonli turk tili) arabcha, forscha elementlarga boy boʻlgan. 20-a.ning 20-yillaridagi islohotlardan soʻng adabiy til umumxalq soʻzlashuv tili bilan yaqinlashdi. Eski Turk tili ning arab yozuvida bitilgan yodgorliklari 13-a.dan boshlab mavjud. Dastlabki yodgorliklarda sharqiy turkiy (qoraxoniyuygʻur) adabiy tilining sezilarli taʼsiri bor. Hozirgi yozuvi 1929 yildan lotin grafikasi asosida.

Grammatikasi[править | править код]

Kelishiklar[править | править код]

Turk tilida 5 ta kelishik bor.

Kelishiklar Kelishik ko‘rsatkichlari Kelishik savollari Misollar
1 Bosh kelishik
(Yalın hâl)
Kim? Ne? Nere(si)?
(Kim? Nima? Qayer?)
anne, üzüm, balık, Tokat, Ankara
ona, uzum, baliq, Toʻkot, Onkoro
2 Tushum kelishigi
(Belirtme hâli)
-ı, -i, -u, -ü
-yı, -yi, -yu, -yü
kimi? neyi? nereyi?
(Kimni? Nimani? Qayerni?)
anneyi, üzümü, balığı, Tokatʼı, Ankaraʼyı
onani, uzumni, baliqni, Toʻkotni, Onkoroni
3 Joʻnalish kelishigi
(Yönelme hâli)
-a, -e,
-ya, -ye
kime? neye? nereye?
(Kimga? Nimaga? Qayerga?)
anneye, üzüme, balığa, Tokatʼa, Ankaraʼya
onaga, uzumga, baliqga, Toʻkotga, Onkoroga
4 Oʻrin-payt kelishigi
(Bulunma hâli)
-da, -de, -ta, -te kimde? ne(y)de? nerede?
(Kimda? Nimada? Qayerda?)
annede, üzümde, balıkta, Tokatʼta, Ankaraʼda
onada, uzumda, baliqda, Toʻkotda, Onkoroda
5 Chiqish kelishigi
(Ayrılma hâli)
-dan, -den, -tan, -ten kimden? ne(y)den? nereden?
(Kimdan? Nimadan? Qayerdan?)
anneden, üzümden, balıktan, Tokatʼtan, Ankaraʼdan
onadan, uzumdan, baliqdan, Toʻkotdan, Onkorodan
* Qaratqich kelishigi
(Tamlayan hâli)
-ın, -in, -un, -ün
-nın, -nin, -nun, -nün
kimin? neyin? nerenin?
(Kimning? Nimaning? Qayerning?)
annenin, üzümün, balığın, Tokatʼın, Ankaraʼnın
onaning, uzumning, baliqning, Toʻkotning, Onkoroning
* Koʻmakchi kelishik
(Araç hâli)
-la, -le,
-yla, -yle
kim(in)le? neyle? nereyle?
(Kim bilan? Nima bilan? Qayer bilan?)
anneyle, üzümle, balıkla, Tokatʼla, Ankaraʼyla
ona bilan, uzum bilan, baliq bilan, Toʻkot bilan, Onkoro bilan

Havolalar[править | править код]