Ulugʻ Vatan urushi

Материал из УзЭнц

«Ulugʻ Vatan urushi» (рус. Вели́кая Оте́чественная война́[n 1]) - Sovet Ittifoqiga fashistlar Germaniyasi va uning ittifoqchilari urush e'lon qilishidan to agressorlar mag'lub bo'lgunigacha davom etgan Ikkinchi jahon urushi qismining nomlanishi.

Yevropadagi harbiy-siyosiy vaziyat[править | править код]

1939 yil 23 avgustda SSSR bilan Germaniya oʻrtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. Bu shartnomaning maxfiy qoʻshimcha ahdnomasiga muvofiq, Sovet tomoni Gʻarbiy Ukraina, Gʻarbiy Belorussiya va Bessarabiya (1921 yilda boy berilgan) hududlarini qaytarib olishini bayon etdi. Shuningdek, Germaniya Boltiqboʻyi mamlakatlariga daʼvo qilishdan ham voz kechdi. Bu SSSRning gʻarbiy mudofaa liniyasi yaratilishining asosi boʻldi.

Tarixi[править | править код]

1941-yil 22-iyunda Germaniya SSSRga, yaʼni soyuzga kirgan Oʻzbek SSRga, hujum qilgach, sovet xalqi ham bu urush girdobiga tortilgan edi. Oʻsha kuni mamlakatda harbiy holat joriy etildi.

Gitlerchilarning Sharqqa doir harbiy rejalarida SSSRni qisqa muddatli kampaniya jarayonida magʻlub qilish va urushni 1941 yil kuzida tamomlash moʻljallangan edi. Yashin tezligida boshlangan urush sovet rahbariyatida sarosimani yuzaga keltirdi. 29 iyundagina Xalq Komissarlari Soveti (XKS) nomidan joylarga koʻrsatmalar yuboriddi. I. V. Stalin faqat 3 iyuldagina xalqqa murojaat bilan chikdi.

1941 yil 30 iyunda Davlat mudofaa qoʻmitasi (DMQ) tuzildi. Uning raisi I.V. Stalin 8 avgustda SSSR Qurolli kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni lavozimini egalladi. Urushning dastlabki kunlari mamlakatning barcha iqtisodiy-maʼnaviy kuchlarini zudlik bilan mudofaa manfaatlariga boʻysundirish, xalq xoʻjaligini toʻliq harbiy izga solish lozimligi xususida qarorlar, koʻrsatmalar qabul qilindi.

Urush davrining musibatlarini oʻz boshidan kechirgan kishilarning xotiralaridan maʼlum boʻlishicha, odamlar oʻsha vaqtda birinchi ishchilar davlati - Sovet ittifoqini himoya qilish zaruriyati haqida qaygʻurganlaridan dalolat beradi. Oʻzbek xalqining fashizmga boʻlgan nafrati oʻlim qoʻrquvini orqa oʻringa surib qoʻydi va u dushmanga qarshi otlandi. Shuningdek, kommunistik partiyaning mafkura boʻlimi ham benuqson ishladi — u SSSR tarkibidagi barcha ozod xalqlarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qila oldi. Oʻzbek xalqining Ulugʻ Vatan urushi ishtirokining axloqiy-maʼnaviy jihatdan asosi shundaki, bu urushda oʻzbek xalqi fashizmdan nafaqat butun SSSRni, bevosita Oʻzbek SSRni himoya qilishni, uni yana bir burjuaz bosqinchilardan saqlab qolishni maqsad qilib qoʻygan edi.

Ulugʻ Vatan urushi boshlangʻich davrining eng murakkab vazifalaridan biri iqtisodiyotni harbiy izga solish edi. Bu masʼuliyatli vazifani SSSRning qariyb 40% aholisi istiqomat qiladigan, koʻmirning 63% qazib olinadigan, poʻlatning 50% ishlab chiqariladigan, donning 38% yetishtiriladigan, ayniqsa, koʻpgina mudofaa korxonalari joylashgan hududni fashistlar bosib olgan bir paytda hal qilish kerak edi. Front yaqinidagi hududlardan mamlakat ichkarisiga koʻchirilayotgan aholi, sanoat korxonalari, oʻquv-yurtlari va boshqalarning koʻpchiligi Oʻzbek SSRga yuborildi. Chunonchi, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonga evakuatsiya qilingan 308 sanoat korxonasining 104 tasi ("Lentekstilmash", "Rostselmash", "Krasniy Aksay", Moskvadagi "Elektrokabel" va "Podyemnik", Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi, "Krasniy put", Kiyev "Transsignal" zavodlari, Stalingrad kimyo kombinati va boshqalar), 30 dan ortiq harbiy gospital, harbiy artilleriya (toʻpchi) akademiya, bir necha harbiy bilim yurtlari koʻchib keldi. Bu albatta oʻlkaning taraqqiy topishiga va bugungi farovonlikka xizmat qildi.

Rossiya hududidan turli millatga mansub 200 ga yaqin yozuvchi va shoirlar (masalan, A. Axmatova, A. Tolstoy, V. Yan, M. Shaginyan va boshqalar) Toshkentga koʻchib kelib, shu yerda ijod qildilar. Rossiya, Ukraina va Belorussiyaning fashistlar bosib olgan hududlaridan 1 milliondan ortiq kishi, jumladan 200 ming bola Oʻzbek SSRga evakuatsiya qilinib, ularga 135 ming kvadrat metr hajmda uy-joy ajratib berildi. Koʻpgina oʻzbek oilalari ikkita va undan ortiq yetim bolalarni oʻz tarbiyalariga (jumladan, Sh. Shomahmudovlar oilasi — 14, H. Samadovlar oilasi —- 12, M. Joʻrayeva va Ashurxoʻjayevlar oilasi 8 tadan bolalarni oʻz tarbiyalariga oldilar. 1943 yil oxiriga kelib shaharlarda 4672 bola, qishloqlarda esa 870 bola oʻzbek oilalari tomonidan tarbiyaga olinib, ularga xaqiqiy insonparvarlik va mehr-shafqat namunasi koʻrsatildi. Xalqning bu xislatini butun dunyo yaxshi biladi va eʼzozlaydi.

Oʻzbekistonga koʻchirib keltirilgan sanoat korxonalari nihoyatda qisqa muddatda ishga tushirildi. 1941 yil dekabrda evakuatsiya qilingan korxonalarning qariyb 50 tasi, 1942 yil 1 yanvarda esa barchasi qayta qurilib toʻla quvvat bilan mahsulot bera boshladi. Bu harbiy korxonalarni ishga tushirishga shaharliklardan tashqari qariyb 500 ming kolxozchi-dehqonlar jalb qilindi. Korxonalarni harbiy izga oʻtkazish harbiy usulda amalga oshirildi: 1941 yil 26 iyundan boshlab mamlakatda ishchilar va xizmatchilar uchun ishdan tashqari vaqtda ishlab berish, katta yoshdagilar uchun xaftada 6 kunlik ish joriy etildi, ish vaqti 11 soatgacha uzaytirildi, taʼtilga chiqish bekor qilindi. Idora xizmatchilari, uy bekalari, oʻquvchilar ishlab chiqarishga jalb qilindi. Agar 1940 yilda sanoat ishchilari orasida xotin-qizlar salmogʻi 34%ni tashkil qilgan boʻlsa, 1942 yilda bu koʻrsatkich 63,5% ga yetdi. Mehnat intizomini buzganlar uchun jazo choralari keskin qoʻyildi. Korxonalardan oʻzboshimchalik bilan ketib qolganlar 5 yildan 8 yilgacha muddatga qamoqqa hukm qilindi. 1941 yil dekabrda Oʻzbekiston sanoat korxonalaridan 230 tasi (birgina Toshkentda 63 korxona) harbiy izga koʻchirilib, front uchun qurol-yarogʻ ishlab chiqarishga kirishdi.

Oʻzbekistonda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoatning oʻsishi va rivojlanishi bilan birga xom ashyo va yoqilgʻi-energetika bazasini kengaytirish vazifasi ham keskin boʻlib turdi. Ayniqsa, rangli metallarga, neft va koʻmirga boʻlgan ehtiyoj kuchaydi. 1942 yilda Langar molibden koni zaminida molibden fabrikasi barpo etildi. Qoʻytosh va Qoratepa rangli metallar konining quvvati keskin oshirildi. Olmaliqda mis va boshqa rangli metallarning boy konlari topildi. Angren koʻmir koni respublikaning birinchi koʻmir markaziga aylandi. 1942 yil boshlarida l-Oqtepa va Z-Oqqovoq GESlari, shuningdek, Farhod GES umumxalq hashari bilan bunyod etilishi respublikada front ehtiyojlari uchun ishlayotgan sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlashda muhim rol oʻynadi.

Oʻzbekistonda urush yillarida 280 ta yangi korxona barpo etildi. Respublikaning sanoat potensiali 1945 yilga kelib 1940 yildagiga nisbatan deyarli 2 barobar koʻpaydi, neft qazib olish 4 barobardan ziyod, metall ishlash tarmoqlari mahsulotlari 4,8 barobar, mashinasozlik mahsulotlari 13,4 barobar, koʻmir qazib chiqarish 30 barobardan koʻproq, poʻlat va prokat eritish 2 barobar, elektr energiyasi ishlab chiqarish 2,42 marta ortdi. Buning natijasida Oʻzbekiston urush yillarida front uchun 2.100 ta samolyot, 17.342 ta aviamotor, 2.318 ming dona aviabomba, 17.100 ta minomyot, 4.500 birlikdan iborat minalarni yoʻq qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 million dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 million dona granata, dala radiostansiyalari uchun 3 million radio lampa, 330 mingga parashyut, 18 ta harbiy-sanitariya va hammom kir yuvish poyezdi, 2.200 ta koʻchma oshxona va koʻpgina harbiy anjomlar yetkazib berish imkoniga ega buldi. Respublika yengil sanoat komissarligi korxonalari 1941—45 yillar mobaynida jangchilar uchun 7.518,8 mingta gimnastyorka, 2.636,7 mingta paxtali nimcha, 2.861,5 mingta armiya etigi tayyorlab berdi.

Ulugʻ Vatan urushi yillarida fashizmga qarshi qoʻlga qurol olib jang qilgan oʻzbekistonlik jangchilarning umumiy tarkibidan 263.000 dan ziyod kishi halok boʻldi, 132.670 kishi bedarak yoʻqoldi, 60.452 vatandoshimiz urushdan nogiron boʻlib qaytdi. Shuningdek, oʻn minglab oʻzbekistonlik jangchilar asirlikda boʻldi. Demak, frontga safarbar qilinganlarning har uchtasidan bittasi uyiga qaytmadi. Umuman, SSSR boʻyicha urush davrida fashistlar qoʻlida 6,2 million kishi asirlikda boʻlgan. Urush oxiriga kelib ulardan 4 million kishi halok boʻlgan. Omon qolgan asirlar soni 1 milliondan sal koʻproq edi.

Ulugʻ Vatan urushidagi bu gʻalaba millionlab begunoh kishilarning, jumladan, Oʻzbek SSR xalqining qoni, haddan ziyod mashaqqatli mehnati va uning buyuk insonparvarligi tufayli qoʻlga kiritildi. 9 may — Gʻalaba kuni yurtimizda har yili nishonlanadigan boʻldi.

Atama[править | править код]

«Ulugʻ Vatan urushi» deb Sovet Ittifoqi o'zini himoya etish uchun jahon urushiga majburan qo'shilgan davr nazarda tutiladi. Ushbu davr 1941-yil 22-iyundan 1945-yil 9-mayga qadar davom etgan. Atama Rossiya va ayrim sobiq sovet respublikalarida xalq tomonidan keng qo'llaniladi. Sovet davrida Oʻzbekistonda ham shu atama davlat darajasida qoʻllanilgan. Afsuski mamlakat mustaqillikka erishganidan keyin, natsionalistlar tomonidan bu atama 1941-1945 yillardagi urush nomi bilan almashtirishga urunish yuz berdi.

Ikkinchi jahon urushi davomida ro'y bergan mahalliy harbiy to'qnashuvlar ko'pchilik ishtirokchi davlatlarda alohida atamalar bilan nomlanadi. «Ulugʻ Vatan urushi» ham MDH (oldingi SSSR) davlatlaridagi shunday atamadir.

Izohlar[править | править код]

  1. ozarb. -{Бөјүк Вәтән мүһарибәси}-; bel. -{Вялікая Айчынная вайна}-; est. -{Suur Isamaasõda}-; arm. -{Մեծ Հայրենական պատերազմ}-; gurji: დიდი სამამულო ომი; qoz. -{Ұлы Отан соғысы}-; qirgʻ. Улуу Ата Мекендик согуш; lit. -{Didysis Tėvynės karas}-; latish. Lielais Tēvijas karš
    mold. -{Мареле Рэзбой пентру апэраря Патрией}-; toj. -{Ҷанги Бузурги Ватанӣ}-; turkm. -{Бейик Ватанчылык уршы}-‎
    tat. -{Бөек Ватан сугышы}-, ukr. Велика Вітчизняна війна
    .

Manbalar[править | править код]

Havolalar[править | править код]